Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
Telekommunikatsiya bo'yicha

Radioelektronika, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi hamda muammolari

21-22 may kunlari poytaxtimizda Radioelektronika, axborotlashtirish va telekommunikatsiya texnologiyalarining rivojlanishi hamda muammolariga bag‘ishlangan xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi. 

Tadbirda Janubiy Koreya, Rossiya, Qozog‘iston, Turkmaniston davlatlaridan tashrif buyurgan mutaxassislar, sohalar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etdilar. 
Xalqaro anjuman O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qoshidagi ilm-fan va texnologiyalar rivojini muvofiqlashtirish qo‘mitasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, Radiotexnika, elektronika va aloqa ilmiy-texnika jamiyati hamkorligida tashkil qilindi. 

Tadbirni tashkil etishdan ko‘zlangan maqsad axborotlashtirish va telekommunikatsiya sohasining muhim yo‘nalishlarining bugungi holati, rivojlanish istiqbollari hamda mavjud muammolarni muhokama qilishdan iborat. 

Jumladan, konferensiya muhokamalarida dasturiy injiniring, matematik modellashtirish, raqamli radioaloqa va teleradiouzatish, axborot uzatish nazariyasi, tarmoqlari va tizimlari, Elektron hukumat, axborot texnologiyalari va axborotni himoyalash, iqtisod, ta’lim va boshqa sohalarda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining qo‘llanilishi: tashkil qilish va boshqarish kabi mavzular yuzasidan taqdimotlar o‘tkazildi. 

25.05.2015 1790


 
Xat matni*
Ximoya kodi