Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
Telekommunikatsiya bo'yicha

Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish istiqbollari muhokama etildi

IMG_0029.JPG
2015-yil 29-sentabr kuni O‘zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan hamkorlikda «O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini rivojlantirish istiqbollari» mavzusida konferensiya o‘tkazildi. Tadbirda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari mutaxassislari hamda Toshkent axborot texnologiyalari universiteti talabalari ishtirok etdilar. 
Tadbirni o‘tkazishdan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot- kommunikatsiya tizimini tizimli va bosqichma-bosqich rivojlantirish uchun sharoitlar yaratish, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida zamonaviy axborot- kommunikatsiya texnologiyalaridan keng foydalanishga qaratilgan faoliyatni tashkil etish, partiyaning milliy axborot makonini rivojlantirish jarayonlaridagi ishtiroki istiqbollari masalasini muhokama etish, jamoatchilik, saylovchilarga partiyaning mazkur sohadagi dasturiy maqsad va vazifalarini amalga oshirish mexanizmlarini yetkazishdan iborat.
Anjumanda qayd etilganidek, istiqlol yillarida mamlakatimizda AKT sohasini rivojlantirishga doir huquqiy baza yaratildi. Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining «Aloqa to‘g‘risida»gi, «Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi, «Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida»gi, «Radiochastota spektri to‘g‘risida»gi, «Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida»gi, «Elektron raqamli imzo to‘g‘risida»gi qonunlari qabul qilindi. Mamlakatimizda demokratik islohotlarni yanada chuqurlashtirish va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish Konsepsiyasi doirasida «Teleradioeshittirishlar to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalari faoliyatining iqtisodiy asoslari to‘g‘risida»gi, «Ommaviy axborot vositalarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash kafolatlari to‘g‘risida»gi qonunlar loyihalari ustida ish olib borilmoqda.
Bo‘lib o‘tgan konferensiya davomida ishtirokchilar O‘zbekiston Respublikasi Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini tizimli va bosqichma-bosqich rivojlantirish, davlat va jamiyat boshqaruvi tizimida zamonaviy AKTlarni keng qo‘llashga qaratilgan faoliyatni tashkil etish uchun sharoitlarni yaratish bilan bog‘liq masalalarni muhokama etdi.
Tadbir axborot sohasida huquqni qo‘llash amaliyoti borasida tajriba almashish, Milliy axborot-kommunikatsiya tizimini yanada rivojlantirish, zamonaviy AKTdan foydalanish hisobiga davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari, «Elektron hukumat» tizimi doirasida axborot tizimlari va davlat organlari ma’lumotlar bazasining amaldagi va yaratilayotgan komplekslari infratuzilmasi faoliyati ochiqligini ta’minlash uchun sharoit yaratayotgan qonun loyihalariga qator dolzarb takliflar ishlab chiqish imkonini berdi.

Muallif: Axborot xizmati

30.09.2015 1785


 
Xat matni*
Ximoya kodi