Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
Telekommunikatsiya bo'yicha

Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari majmuasi tashkil etildi

2015 yilning 14 aprel kuni Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o‘quv, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari majmuasining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Mazkur ilmiy-tadqiqot markazi “O‘zbektelekom” aksiyadorlik kompaniyasining homiyligida tas

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yil 26 martdagi PQ-1942-sonli “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohadagi kompaniyalar, jamiyatlar, korxona va tashkilotlarning tizimdagi ta’lim muassasalari bilan o‘zaro hamkorligini yanada mustahkamlashga oid vazifalar belgilab berilgan edi. 

 

Mazkur qarorga muvofiq, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti va uning hududiy filiallarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash va modernizatsiya qilish, ularni zamonaviy o‘quv va ilmiy laboratoriya jihozlari bilan ta’minlash, ta’lim standartlarini takomillashtirish hisobiga ta’lim jarayonlarini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, pedagog kadrlarning soha tizimida amaliy tajriba orttirish ishlarini muntazam ravishda joriy qilish hamda talabalarning zamonaviy bilim olishlari uchun yetarli shart-sharoitlarni yaratib berish bo‘yicha bir qator vazifalar amalga oshirilmoqda.

 

Zamonaviy laboratoriya majmuasi talabalarga zamonaviy telekommunikatsiya qurilmalarida amaliy ko‘nikmalarini oshirish, telekommunikatsiya yo‘nalishida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, talabalarning bitiruv malakaviy hamda dissertatsiya ishlari yuzasidan nazariy bilimlarni sinov tariqasida tekshirish, ishlab chiqarish mutaxassislari uchun malakalarini oshirishda keng imkoniyatlar yaratadi.

 

Talabalarni CDMA-450 standartidagi mobil aloqa tizimi bilan yaqindan tanishtirish va mazkur aloqa tarmog‘ini yanada rivojlantirish maqsadida, universitetda NGN texnologiyasiga asoslangan o‘quv, ilmiy-tadqiqot laboratoriya ham yosh izlanuvchilarga taqdim qilingan.

 

Tadbirda qayd etilganidek, mamlakatimizda axborot texnologiyalari rivoji, bu yo‘nalishda aholiga yuqori sifatli xizmatlarni ko‘rsatish bevosita sohada malakali kadrlar tayorlash tizimi, mazkur tizimga axborot-kommunikatsiya hamda innovatsiya texnologiyalarining tatbiq etilishiga daxldor masala hisoblanadi. 

 

Talabalar ixtiyoriga taqdim qilinayotgan o‘quv, ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari majmuasi ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasini rivojlantirish, universitet va uning hududiy filiallari o‘quv laboratoriya bazasini mustahkamlash hamda malakali mutaxassislar tayyorlash, universitet professor-o‘qituvchilari va soha korxonalari mutaxassislari malakasini oshirishda muhim maskan bo'lib xizmat qiladi.  

Muallif: Axborot xizmati


17.04.2015 1807


 
Xat matni*
Ximoya kodi