Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
Ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar

Maxsus avariya tiklash boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “26 iyun – Umumjahon giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bagʼishlab tadbir oʼtkazildi.

     2019 yil 20 iyun kuni Maxsus avariya tiklash boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan “26 iyun – Umumjahon giyohvandlikka qarshi kurashish kuni”ga bagʼishlab tadbir oʼtkazildi. Tadbirni Boshqarma boshligʼining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlari boʼyicha oʼrinbosari podpolkovnik Sh.Kurayshev ochib berdi. Shundan soʼng tadbir ishtirokchilariga Toshkent viloyati «OITS» ga qarshi kurash markazi mutaxasisi X.M.Latipov «Umumjahon giyohvandlikka qarshi kurashish kuni» ga bagʼishlagan maʼruza oʼqib eshittirishdi. U kishi salomatlik eng oliy qadriyat ekanligi , xar bir insonning salomatligi oʼz qoʼlida ekanligi, sogʼlom turmush tarzi qoidalariga amal qilish inson salomatligini mustahkamlashi, umrini uzaytirishi, yoshlarning esa bilimlarni oʼzlashtirish , kasb-xunar egallash layoqatini oshirishi va hayotda oʼz oʼrnini topishda beqiyos ahamiyatga ega ekanligini aytib oʼtdilar.
     Jahon sogʼliqni saqlash tashkilotining maʼlumotiga koʼra salomatlikning 55% kechirayotgan turmush tarzimizga, 18% irsiy kasalliklarga, 17% ekologik omillarga, 10% tibbiy xizmat sifatiga bogʼliq ekanligini aytib oʼtdi. Mutaxassis oʼz maʼruzasida inson Sogʼlom turmush tarzi qoida va talablariga rioya etishi uchun avvalom bor ongli, qatʼiyatli, irodali, yaʼni yuksak maʼnaviyat egasi boʼlishi kerakligi taʼkidlab oʼtdi. Sogʼlom turmush tarzining asosiy yoʼnalishlari, jumladan kun tartibiga rioya etish, shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilish, sogʼlom ovqatlanish,zararli odatlardan yiroq boʼlish, ruxiy salomatlikni asrash, atrof muhit tozaligi haqida qaygʼurish, tibbiy madaniylik haqida maʼlumotlar berdi. Giyohvandlik va uning salbiy oqibatlari, jumladan OIV infektsiyasi, uning yuqish yoʼllari va oldini olish choralari haqida batafsil bayon etildi.
     Tadbir juda qiziqarli oʼtdi, harbiy xizmatchilar giyohvandlik va OITS kasalligi xaqida juda koʼp maʼlumotlarga ega boʼldilar. «Sogʼlom turmush tarzi, giyohvandlik va OITS kasalligini oldini olish» boʼyicha filmlarni tomosha kilishdi.
     Harbiy xizmatchilar tadbir soʼngida oʼzlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxasislarga murojat etishdi va oʼz savollariga yetarlicha javoblar oldilar.

20.06 (1).jpg

20.06 (2).jpg

20.06.2019 1


 
Xat matni*
Ximoya kodi