Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
Ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari oʼrtasida “Аmir Temur va Oʼzbekiston tarixi bilimdoni” viktorinasi oʼtkazildi.

     2019 yil 12 iyun kuni Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining Tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʼyicha oʼrinbosari tomonidan 2019 yil 2 iyunda qabul qilingan “Mudofaa vazirligi tizimidagi aralash brigadalar muddatli harbiy xizmatchilari bilan “Аmir Temur va Oʼzbekiston tarixi bilimdoni” mavzusida viktorina oʼtkazish toʼgʼrisidagi Nizomga muvofiq Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi muddatli harbiy xizmatchilari oʼrtasida “Аmir Temur va Oʼzbekiston tarixi bilimdoni” viktorinasi oʼtkazildi. Viktorinada “Turon”, “Temur izdoshlari”, “Qalqon” va “Kelajak yoshlari” jamoalari gʼoliblik uchun bellashishdi. Uch raundda oʼtgan bahsda 1 raundda “Turon” jamoasi, 2 raundda “Qalqon” jamoasi viktorinani tark etgan boʼlsa, hal qiluvchi 3 raund – finalda “Temur izdoshlari” va “Kelajak izdoshlari” jamoalari bahs olib borib, unda “Temur izdoshlari” jamoasi gʼolib boʼldi.
     Viktorinadan  soʼng  Oʼzbekiston  Respublikasi  Mudofaa  vazirining  tarbiyaviy  va  mafkuraviy  ishlar  boʼyicha oʼrinbosarining 2019 yil 3 apreldagi 95-sonli buyrugʼi ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan anʼanaviy qoʼshiq ijrochiligi boʼyicha boshqarma “Impuls” ansamblining oliy toifali musiqachisi kichik serjant Toshmatov B.R. boshchiligida “Nazm va navo kechasi” oʼtkazildi. Ushbu kechada kuylangan milliy ruhdagi anʼanaviy kuy-qoʼshiqlardan barcha shaxsiy tarkib maroqli madaniy hordiq chiqardi.

12.06 (1).jpg

12.06 (2).jpg

12.06 (3).jpg

12.06.2019 2


 
Xat matni*
Ximoya kodi