Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
Ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasiga 2019 yil 24 may kuni Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazining “Turon” teatri tashrif buyurdi.

     Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasiga 2019 yil 24 may kuni Mudofaa vazirligi Maʼnaviyat va maʼrifat markazining “Turon” teatri tashrif buyurib, “Jaloliddin Manguberdi” tarixiy vatanparvarlik ruhidagi spektaklini namoyish etdi. Spektakl moʼgʼul bosqinchilarining ajdodlarimiz boshiga solgan qonxoʼrliklari va saltanat birligiga qanday qilib putur yetganligini aks ettirganligi bilan katta taassurot qoldirgan boʼlsa, Jaloliddin Manguberdining mamlakat ozodligi yoʼlida olib borgan kurashi shaxsiy tarkibning milliy gʼurur va vatanparvarlik tuygʼularini yanada oshirdi. Teatr jamoasi tomoshabinlarning madaniy hordiq chiqarishiga xizmat qilib, ularning olqishiga sazovor boʼldi.

турон 24.05 (1).jpg

турон 24.05 (2).jpg

турон 24.05 (3).jpg

турон 24.05 (4).jpg

24.05.2019 42


 
Xat matni*
Ximoya kodi