Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
Ma'naviy va ma'rifiy tadbirlar

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasida 2019-2020 – oʼquv yilining boshlanishiga bagʼishlangan miting oʼtkazildi.

     Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasida 2019 yil 1 may kuni 2019-2020 – oʼquv yilining boshlanishiga bagʼishlangan miting oʼtkazildi. Shu munosabat bilan saf maydonida shaxsiy tarkibning saf koʼrigi oʼtkazilib, yangi oʼquv yilida belgilangan maqsad va vazifalar hamda Oʼzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining 2019-2020 oʼquv yili boshlanishi munosabati bilan qoʼshinlarga murojaaati boshqarma boshligʼi polkovnik B.Аdenov tomonidan shaxsiy tarkibga yetkazildi. Shuningdek, tadbirda qoʼriqlash guruhi navbatchisi sh/a o/a N.Mahkampoʼlatov, muddatli harbiy xizmatchi А.Аhmedov ham yangi oʼquv yilida bajariladigan ishlar va yosh harbiy xizmatchilar oldidagi vazifalar haqida toʼxtalib, ularga omad tilashdi.
     Shundan soʼng ofitserlar, shartnoma asosidagi oddiy askar va serjantlar hamda Qurolli Kuchlar ishchi-xizmatchilariga faollar zalida maʼnaviy-maʼrifiy tayyorgarlik mashgʼulotining “Markaziy Osiyo va jahondagi harbiy-siyosiy vaziyatning oʼzgarish tendentsiyasi va unga taʼsir etuvchi omillar” 1-mavzusi boshqarma boshligʼi polkovnik B.Аdenov tomonidan oʼtilib, mavzuning mazmun-mohiyati hayotiy misollar bilan tushuntirib berildi.

01,05 (1).jpg

01,05 (2).jpg

01,05 (3).jpg

01,05 (4).jpg

01,05 (5).jpg

01.05.2019 57


 
Xat matni*
Ximoya kodi