Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

Boshqarmada 2018 yil 21 dekabr kuni Chingiz Aytmatov ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo'lib o‘tdi.

Bugungi kunda respublikamizda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning shu yil 2 apreldagi "Buyuk adib va jamoat arbobi Chingiz Aytmatov tavalludining 90 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida"gi qarori ijrosi bo‘yicha Chingiz Aytmatov ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, adabiy kechalar o‘tkazilmoqda. Shu munosabati bilan 2018 yil 21 dekabr kuni Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)da Chingiz Aytmatov ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bulib o‘tdi.

Tadbirda katta leytenant Abduqodir Otaboyev Chingiz Aytmatovning hayoti va ijodiga bag‘ishlangan ma’ruza qilib,  mavzuning mazmun-mohiyatini yoritib berdi. Shundan so‘ng harbiy xizmatchilarga Chingiz Aytmatov asari asosida suratga olingan “Sarvqomat dilbarim” badiiy filmi namoyishi o‘tkazildi. Film va uning tarbiyaviy ahamiyati harbiy xizmatchilarda katta taassurot qoldirdi.


22.12.2018 134


 
Xat matni*
Ximoya kodi