Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

Boshqarmada 2018 yil 16 noyabr kuni tashkil etilgan she’riyat kechasiga xalqimiz sevgan shoira Farida Afro‘z tashrif buyurdi.

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)da 2018 yil 16 noyabr kuni tashkil etilgan she’riyat kechasida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Do‘stlik” ordeni va “Shuhrat” medali sohibasi, Turon fanlar akademiyasining akademigi, xalqimiz sevgan shoira Farida Afro‘z tashrif buyurdi.

Farida Afro‘zning “Tasbeh”, “Kuzdan arazladim...”, “O‘zimniki” kabi 20 dan ortiq she’riy kitoblar muallifi, 200 ga yaqin she’rlari O‘zbekiston xalq artistlari va O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar tomonidan ijro etilgan.

Shuningdek, mohir tarjimon bo‘lib ingliz, rus, yapon adabiyoti namunalarini tarjima qilgan.

Bugungi kunda noshir sifatida ham ko‘plab xayrli ishlarga bosh-qosh bo‘lmoqda. Jumladan, mamlakatimizda erkaklar uchun yagona bo‘lgan “Janob” jurnali va “Sabo” ma’naviy-ma’rifiy gazetasining direktori hisoblanadi.

Shoira so‘zida milliy g‘urur, vatanparvarlik, farzand tarbiyasi,  ustozlari, ijodiy faoliyati haqida mazmunli fikrlar bildirgan bo‘lsa, o‘zbek she’riyatida yagona bo‘lgan “tasbeh” (uchlik) lari va boshqa she’rlari bilan barcha harbiy xizmatchilarda katta taassurot qoldirdi.

Shuningdek, xonanda Ulug‘bek Hamroyev ijrosida kuylangan hindcha va sho‘x qo‘shiqlar harbiy hizmatchilarni raqsga chorladi.

8.jpg

7.jpg



17.11.2018 192


 
Xat matni*
Ximoya kodi