Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

Boshqarmada 2018 yil 2 noyabr kuni O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining “Oilada farzand tarbiyasi” kitobining taqdimotini o‘tkazildi.

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)da  2018 yil 2 noyabr kuni Toshkent viloyati Bosh imom xatibi o‘rinbosari Nurali Mavlonov O‘zbekiston musulmonlar idorasi raisi muftiy Usmonxon Alimov hazratlarining “Oilada farzand tarbiyasi” kitobining taqdimotini o‘tkazib,  harbiy xizmatchilarning oilalari mustahkamligi, farzandlari kamoloti haqida mazmunli ma’ruza qilib, harbiy qism shaxsiy tarkibining mavzu bo‘yicha bilimlarini yanada  kengaytirib, ma’naviy yuksalishiga katta hissa qo‘shdi.

Nurali Mavlonov o‘z ma’ruzasida muqaddas islom dinida oila bo‘yicha buyurilgan amallar, oilaviy munosabatlarning barcha jihatlari, ayniqsa er-xotin o‘rtasidagi o‘zaro totuvlikning farzand tarbiyasidagi o‘rni haqida ham diniy, ham hayotiy kitobda keltirilgan ma’lumotlar asosida ma’ruza qildi.

Oilada tarbiyaning negizlariga asos solinadi. U bolada shakllanishi lozim bo‘lgan barcha insoniy munosabat va fazilatlarni tarbiyalovchi hayot maktabi hisoblanadi.

Bola tarbiyasi keng qamrovli, uzoq davom etadigan murakkab jarayon bo‘lib, uning o‘ziga xos xususiyatlari mavjud. Ushbu jarayon turmush quradigan yigit va qizning bir-biriga har tomonlama munosibligidan boshlanadi.

Bo‘lajak ota-onaning sog‘-salomatligi, nasl-nasabi, dunyoqarashi, axloq-odobi, moddiy va ma’naviy darajasining mosligi, turmush qurishga har tomonlama tayyorligi farzand ko‘rish va uning tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Oila ahilligi, barkamol farzandlar jamiyat mustahkamligi va ma’naviy yetukligining garovidir.

Oilada farzand tarbiyasi u tug‘ilmasdan boshlanmog‘i zarur. Homilador
ayolning kayfiyati yaxshi, asablari sokin, iste’mol qiladigan taomlari bola organizmi uchun foydali bo‘lmog‘i zarur. O‘z vaqtida yumushlarini bajarib, dam olib, sayr qilib, ovqatlanib, tug‘ilajak bola taqdirini o‘ylash uning vazifasi hisoblanadi.

Er-xotin, oilaning boshqa a’zolari o‘rtasidagi sog‘lom ma’naviy muhit, xushmuomalalik, xursandchilik bolaning bexavotir, sog‘lom tug‘ilishiga garov bo‘ladi. Ba’zan oilada uchraydigan er-xotin, qaynona-kelin va boshqalar o‘rtasidagi bir-biriga nisbatan hurmatsizlik, o‘zaro nizo, urush-janjallar, homilador ayolni avaylab-asrash o‘rniga og‘ir mehnatga majburlash, xo‘rlash, hatto unga qo‘l ko‘tarish bolaning kasalmand, nogiron, jizzaki bo‘lib tug‘ilishiga olib keladi.

Ota-onadagi eng yaxshi xususiyatlar ham yomon xususiyatlarga qo‘shilib irsiy yo‘l bilan bolaga o‘tishi tabiiydir. Hatto tug‘ilmagan bolada ona qornidayoq ota-onaga nisbatan mehr hissi shakllana boshlaydi. Shuning uchun donishmandlarning bolani u tug‘ilmasidan oldin tarbiyalash xususidagi o‘gitlariga amal qilmoq zarur.

Ma’ruzadan so‘ng kitob va ushbu mavzu asosida savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Tadbir so‘nggida “Oilada farzand tarbiyasi” kitobining 10 ta audio diski boshqarma kutubxonasiga sovg‘a qilindi. 

6.jpg



03.11.2018 192


 
Xat matni*
Ximoya kodi