Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

2018 yil 26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Olmazor tumani hokimligi, Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi va Toshkent harbiy okrugi hamkorlikda tadbir o‘tkazdi.

2018 yil 26 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan Olmazor tumani hokimligi, Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism) va Toshkent harbiy okrugi hamkorlikda 9 va 10-sinf o‘quvchilari bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3898 qarori asosida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” munosabati bilan 2018 yil 23 fevraldagi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 140-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha tadbir o‘tkazildi.

Mazkur tadbirni o‘tkazishdan maqsad hozirgi kunda mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar zamirida yosh avlodni yuksak vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ular o‘rtasida Vatanga muhabbat va sadoqat, insonparvarlik fazilatlarini tarbiyalash, yoshlarning dunyoqarashi va fikrlash dorasini yanada kengaytirish, ularni ma’naviy barkamol shaxs bo‘lib jamiyatda o‘z o‘rinlarini topishlariga ko‘maklashishga qaratilgan.

Tadbir jarayonida maktab o‘quvchilarining Vatanga muhabbat tuyg‘usini yanada oshirish maqsadida Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism) faoliyatiga bag‘ishlangan “Harbiy xizmatchilarning bir kunlik hayoti” nomli videorolik namoyish etildi. Shundan so‘ng Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi vakili katta leytenant Abduqodir Otaboyev milliy armiyamizning bugungi qiyofasi, harbiycha hayot haqida ma’lumotlar bergan bo‘lsa, Toshkent harbiy okrugining harbiy xizmatchilar oilalari bilan ishlash bo‘yicha mutaxassisi Dilbarxon Xusanova o‘z ma’ruzasida harbiy xizmatchilarning oila a’zolari doimo davlat va jamiyat himoyasida ekanligi to‘g‘risida to‘xtalib o‘tdi.

Shuningdek, maktab o‘quvchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga tashrif buyurgan mehmonlardan javoblar oldilar, tadbir qiziqarli va munozaralarga boy tarzda o‘tdi.

Tadbir yakunida maktab o‘quvchilari tomonidan tayyorlangan konsert dasturi namoyish etilib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi.

1.jpg

2.jpg

4.jpg

5.jpg



27.10.2018 191


 
Xat matni*
Ximoya kodi