Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

Boshqarmada 2018 yil 26 oktabr kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni”da “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va majburiyatlari” mavzusida huquqiy-ma’rifiy dars o‘tkazildi.

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)da 2018 yil 26 oktabr kuni “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni”da “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining ijtimoiy-iqtisodiy huquqlari va majburiyatlari” mavzusida huquqiy-ma’rifiy dars o‘tkazildi. Ushbu mavzuda ma’ruza qilish uchun huquqshunos-mutaxassis O‘zbekiston Milliy Universiteti, Ijtimoiy fanlar fakulteti, Demokratik davlat qurish nazariyasi va amaliyoti kafedrasi katta o‘qituvchisi Izzat Polvonov taklif qilindi.

Ma’ruzachi ta’kidlaganidek, bugungi hayotimizda bozor va iqtisodiy munosabatlar, ta’lim, sog‘liqni saqlash masalalari katta o‘rin tutadi. Ya’ni, barchamiz kundalik faoliyatimizda oylik, kredit, oldi-sotdi, ustama, xarajat, pul, ehtiyoj, iqtisod, moliya, bank, daromad, omonat, hisob-kitob, mukofot, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ko‘plab tushunchalarni eshitamiz, ishlatamiz va foydalanamiz. Lekin hammasidan ham to‘laqonli foydalana olmaymiz yoki foydalanishni bilmaymiz. Bu borada bizga Konstitutsiya va qonunlarimizda belgilangan huquqlarimiz yordamga kelsa, majburiyatlarimiz esa bizni qonun buzishlardan saqlab, ulardan to‘g‘ri foydalanishga o‘rgatadi.

Ma’ruzachi bu borada Konstitutsiyamizning IX, X, XI boblaridagi 36-52 moddalari asosida har bir modda bo‘yicha ma’lumotlar berib, harbiy xizmatchilarni qiziqtirgan savollarga javob qaytardi hamda ularning huquqiy savodxonligini yanada oshirishga hissa qo‘shdi.


27.10.2018 153


 
Xat matni*
Ximoya kodi