Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

Boshqarmada 2018 yil 19 oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan “Davlat tili – xalqimiz birligi ramzi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)da 2018 yil 19 oktabr kuni o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 29 yilligi munosabati bilan “Davlat tili – xalqimiz birligi ramzi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Oltin qalam” mukofoti sohibi, “Usmon Nosir” mukofoti laureati, filologiya fanlari nomzodi, Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy Universiteti dotsenti, zaxiradagi kapitan To‘lqin Eshbek mazmunli ma’ruza qilib, harbiy qism shaxsiy tarkibining o‘zbek tilining o‘ziga xos jihatlari, tarixi, shevalari haqidagi bilimlarini yanada kengaytirib, ularning ma’naviy olamini boyitdi.

Ma’ruzachi ta’kidlaganidek, dunyoda uch mingga yaqin til mavjud, lekin barcha tillarga ham davlat tili degan sharafli maqom nasib etmagan. Aksariyat tillar imperiya davlatlarning hududida ma’lum millatlargagina uy-ro‘zg‘or tili sifatida xizmat qiladi. Yer yuzida o‘z suveren huquqiga ega bo‘lgan 193 ta davlat bo‘lsa, shunga yaqinroq davlat tili mavjud. E’tibor qiling! Milliy ensiklopediyamizning ma’lumotiga ko‘ra, Yer yuzidagi uch ming tildan atigi 116 tasi davlat tili maqomiga ega. O‘zbek tilining bu mo‘tabar minbardan o‘rin olishi, ya’ni davlat tili maqomiga ega bo‘lishi - bu bir baxt, qolaversa, mo‘jiza!

– Ona tilimizga – davlat tili maqomi berilganidan buyon o‘tgan davr mobaynida O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonunida belgilangan normalarni amalga oshirish borasida ko‘p sa’y-harakatlar qilindi. Shu bilan bir qatorda hali oldimizda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ishlar ham anchagina,– dedi ma’ruzachi.– Buyuk mutafakkir ajdodimiz Alisher Navoiyning “Muhokamat ul-lug‘atayn” asarida so‘z durga qiyoslanadi. Demak, bu duru gavharning asl ma’no-mohiyatini bilib so‘zlash juda muhim ahamiyat kasb etadi. Demoqchimanki, ona tilimizdagi durdona so‘zlarni to‘g‘ri qo‘llash, adabiy tilda so‘zlashish, yozish uchun izohli lug‘atlardan foydalanish zarurligini yosh avlodga o‘rgatishimiz, kerak bo‘lsa, doim eslatib turishimiz zarur.

So‘nggi paytlarda ko‘p ishlatiladigan ayrim so‘zlarimiz shevada faol qo‘llanilishi adabiy tilimizga putur yetkazmoqda. O‘sha so‘zlar mazmun-mohiyati ham o‘zgarib ketmoqda. Aytish joizki, sheva so‘zlari adabiy til normalariga zid kelmasligi lozim. Masalan, kerak so‘zi – “kere” shaklida aytilishi xunuk eshitiladi. Xuddi, kel-e, ket-e, o‘tir-e, tur-e... deganga o‘xshatib “ker-e” deyilishi – keraver (ker – yir, degani, bunda go‘yo – yiraver, degandek) g‘alati tuyuladi. Aytdim so‘zi ham – “etdim” shaklida qo‘llanilmoqda. Vaholanki, adabiy tilimizda etdim – bajardim, qildim, degan ma’nolarni anglatadi. Masalan, men burchimni ado etdim... Ayniqsa, bunday so‘zlar teleko‘rsatuv va radioeshittirishlarda ham bot-bot takrorlanayotganiga toqat qilib bo‘ladimi?

Til bayramiga bag‘ishlangan ma’rifiy tadbir harbiy xizmatchilarni yanada ma’nan kamol topishlarida o‘ziga xos ijod va mahorat maktabi ham bo‘lganini e’tirof etsak arziydi. Tadbir ma’ruzachining buyuk tariximiz va bugungi hayotimizning turli sahifalaridan olingan qiziqarli, barchaga tabassum ulashgan ma’lumotlari asosida savol-javoblar bilan o‘tib, ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. 


20.10.2018 187


 
Xat matni*
Ximoya kodi