Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

Boshqarmada 2018 yil 12 oktabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda “Islom, ilm va taraqqiyot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)da 2018 yil 12 oktabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi bilan hamkorlikda “Islom, ilm va taraqqiyot” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Abdurasul Toshpo‘latov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘i polkovnik B.Adenov ochib berib, islom o‘z nomi bilan tinchlik dini ekanligi va ilm-fan taraqqiyotida muhim ahamiyatga egaligi, buyuk ajdodlarimiz ham aynan diniy va dunyoviy bilimlarning chuqur bilimdoni bo‘lishida islom dini katta o‘rin tutganligi to‘g‘risida qisqacha gapirib o‘tdi.

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Abdurasul Toshpo‘latov o‘z ma’ruzasida islom dinining muqaddas kitobi Qur’oni Karim va undan keyingi manba hadislarda musulmonlarni ilm olishga chorlov, kasb-hunar o‘rganishga da’vat nihoyatda ko‘p ekanligi haqida ma’lumotlar berib, qiziqarli ma’ruza qildi. Jumladan, Qur’oni Karimning nozil bo‘lishi “O‘qi, o‘qi, o‘qi” so‘zlari bilan boshlanganligi, “Ilm o‘rganish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir”, “Ilmni Xitoyga borib bo‘lsa ham o‘rganish kerak”ligi haqida hadislar asosida tarixiy misollar bilan tushuntirib berildi. Shuningdek bu borada islom dinining paydo bo‘lishi islom sivilizatsiyasiga asos solganligi, natijada IX-XII va XIV-XV asrlarda islom olmida katta ilmiy kashfiyotlar qilinganligi, aynan bizning Xorazmiy, Beruniy, Ibn Sino, Buxoriy, Forobiy, Zamaxshariy, Mirzo Ulug‘bek va boshqa ko‘plab ajdodlarimiz o‘z ilmiy kashfiyotlari hamda ilm-ma’rifati bilan dunyo sivilizatsiyasini tebratganligi ta’kidlab o‘tildi. Ma’ruzachi tomonidan bugungi insoniyat qo‘lga kiritayotgan ilmiy yutuq, ixtiro va kashfiyotlar Qur’oni Karimda bundan 1400 yil avval yozib qo‘yilganligini amaliy misollar bilan tushuntirib berildi.   

Tadbir savol-javoblar asosida o‘tib, harbiy xizmatchilar ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. 


13.10.2018 198


 
Xat matni*
Ximoya kodi