Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

Boshqarmada 2018 yil 5 oktabr kuni “Armiya va yoshlar” mavzusidagi ochiq eshiklar kuni o‘tkazildi

2018 yil 5 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi tashabbusi bilan O‘zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)da O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 4 avgustda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida”gi PQ-3898 qarorining ijrosi doirasida “Ma’naviy yuksalish va vatanparvarlik kuni” O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018 yil 23 fevraldagi 140-son qarori ijrosini ta’minlash bo‘yicha “Armiya va yoshlar” mavzusidagi ochiq eshiklar kuni sifatida o‘tkazildi.

Unda Toshkent shahrida joylashgan 23-mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari va Zangiota tumani xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 38-umumta’lim maktabining yoshlar ittifoqi yetakchisi Mohira Nig‘matova boshchiligida 11 nafar o‘quvchilar hamda Zangiota tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati sovrindori Azizbek Abdullayev va boks bo‘yicha respublika va xalqaro turnirlar g‘olibi Zokirxo‘ja Madiyev ishtirok etishdi.

Tadbirning birinchi qismida O‘zbekiston Respublikasi harbiy prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i kapitan Gulchehra Tursunova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2018 yil 23 fevraldagi 140-son qarorining mazmun-mohiyati, qaror asosida mamlakatimizda yoshlarni harbiy-vatanparvarlik ruhida tarbiyalash bo‘yicha harbiy qism va ta’lim muassasalari o‘rtasida hamkorlikda  amalga oshirilayotgan “Armiya va yoshlar” mavzusidagi ochiq eshiklar kuni tadbirining ahamiyati haqida gapirib o‘tdi.   

Shundan so‘ng Zangiota tumani bolalar va o‘smirlar sport maktabi tarbiyalanuvchilari boks bo‘yicha O‘zbekiston chempionati sovrindori Azizbek Abdullayev va boks bo‘yicha respublika va xalqaro turnirlar g‘olibi Zokirxo‘ja Madiyev yoshlarning mamlakatimiz hayotida tutgan o‘rni va sportda qo‘lga kiritgan yutuqlari haqida faxrlanib gapirdilar. 

Boshqarma boshlig‘i polkovnik Bekzod Adenov o‘z so‘zida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar va ulardan to‘g‘ri foydalanish, dunyoda millionlab bolalarning yashash sharoitlari qanchalik og‘irligi, maktablarda o‘qish imkoniyatiga ega emasligi haqida ta’sirchan ma’lumotlar yetkazdi.

Tadbirning badiiy ikkinchi qismida boshqarmaning “Impuls” harbiy ansambli ijrosida aytilgan harbiy-vatanparvarlik ruhidagi “Orzu ijobati”, “Aloqachilar” va “Burch” qo‘shiqlari o‘quvchilar va barcha tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.

Tadbirning uchinchi qismida o‘quvchi-yoshlar saf maydonida askarlarning ko‘rgazmali chiqishlari va harbiy aloqa avtomobil texnikalarining ko‘rgazmasini tomosha qilib katta taassurotlar olishdi. Shuningdek, o‘quvchilar guruhlarga bo‘lingan holda boshqarma hayoti bilan tanishtirildi. Jumladan, ular askarlar yotoqxonasi va oshxonasi, harbiy qism kutubxonasi, ziyonet va internet o‘quv sinflari, radio uskunalarni ta’mirlash ustaxonasi bilan yaqindan tanishishgan bo‘lsa, qurol yoyish va yig‘ish mashg‘uloti hamda o‘qotar qurollardan otish bo‘yicha tirdan amaliy mashg‘ulotlar o‘tashgani o‘quvchilarning yodida bir umrga muhrlandi deyishimiz mumkin.

Shundan so‘ng askarlar va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida o‘rtoqlik ruhidagi sport musobaqalari o‘tkazilib, g‘oliblar esdalik sovg‘alari bilan rag‘batlantirildi.  

Tadbir so‘nggida o‘quvchilar uchun askarlar oshxonasida tushlik dasturxoni yozildi.


 1.JPG


3.JPG


4.JPG


6.JPG


7.JPG


8.JPG


9.JPG


10.JPG


11.JPG


12.JPG


13.JPG


14.JPG


15.JPG

 


06.10.2018 4


 
Xat matni*
Ximoya kodi