Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

18-19 AVGUST – UMUMXALQ XAYRIYA HASHARI

Mamlakatimiz mustaqilligining 27 yillik bayramini munosib nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish, yurtimizda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlariga alohida daxldorlik hissini shakllantirish, xalqimiz orasida milliy qadriyatlarimizga  xos bo‘lgan o‘zaro mehr-oqibat va hamjihatlikni yanada kuchaytirish, beg‘araz yordam, mehr-muruvvat kabi ezgu fazilatlarni yuksaltirish, yoshlarimizni yuksak insoniy tuyg‘ular ruhida vatanparvar va fidoyi etib tarbiyalash, mahallalar, aholi turar joylarini yaxshilash hamda 2018-yil “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili” Davlat dasturida nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 8-avgustdagi 649-F-sonli farmoyishi qabul qilinib, unga ko‘ra 2018-yil avgust oyi mamlakatimizning barcha hududlarida obodonlashtirish va tozalik oyligi hamda 18-19 avgust – umumxalq xayriya hashari kunlari deb e’lon qilindi.

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism) harbiy xizmatchilari Zangiota tumanida joylashgan “Quyoshli” MFY, 38-sonli umumta’lim maktabi, 12- sonli makatbgacha ta’lim muassasasi, Erkin qishloq vrachlik punkti va mahalliy fuqarolar bilan hamkorlikda umumxalq hashari tashkil qilindi. Hashar boshlanishidan avval Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism) boshlig‘i polkovnik Bekzod Adenov va “Quyoshli” MFY raisi To‘lqin  Xoliqov hasharchilarga hashar milliy qadriyatimiz ekanligi, uning mazmuni va ahamiyati haqida qisqacha fikr bildirib, obodonlashtirish ishlari bo‘yicha vazifalarni belgilab berishdi.

Shundan so‘ng hasharchilar belgilangan joylarda quyidagi obodonlashtirish ishlarini amalga oshirishdi:

38-sonli umumta’lim maktabi, 12-sonli makatbgacha ta’lim muassasasi va Erkin qishloq vrachlik punkti hududlari, mahalla ko‘chalari, ko‘p qavatli uylar va binolar, hovlilar atrofi, ariqlar, ko‘cha va yo‘laklar hamda bolalar maydonchalari obodonlashtirilib, daraxtlar oqlandi va butaldi;

mahalla hududidagi ijtimoiy himoyaga muhtoj keksalar, pensionerlar va nogironlar, yolg‘iz qariyalar, kam ta’minlangan va boquvchisini yo‘qotgan oilalarning uy-joy sharoitlarini yaxshilashga ko‘maklashildi;

umuxalq xayriya hashari qatnashchilari zarur texnika vositalari va anjomlar bilan ta’minlandi;

obodonlashtirish ishlari jarayonida to‘plangan chiqindilar alohida belgilangan joylarga olib chiqildi.

Umumxalq hashari davomida boshqarmaning “Impuls” harbiy ansambli tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar hasharchilarga yanada ko‘proq shijoat berib, ishchanlik kayfiyati va vatanparvarlik ruhini ko‘tardi. 


Xashar



Xashar




Xashar


Xashar


Xashar


Xashar


20.08.2018 94


 
Xat matni*
Ximoya kodi