Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

Boshqarmada 2018-yil 17-avgust kuni “Mustaqillik – o‘zligimiz, dinimiz va qadriyatlarimiz tayanchi (Qurbon hayiti misolida)” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasida 2018-yil 17- avgust kuni “Mustaqillik – o‘zligimiz, dinimiz va qadriyatlarimiz tayanchi (Qurbon hayiti misolida)” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Ushbu tadbirda Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Abdurasul Toshpo‘latov, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari falsafa fanlari nomzodi O‘tkir Yusupov va dotsent, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nuriddin Qalqonov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘i polkovnik B.Adenov ochib berib, mustaqillik bayrami va muborak Qurbon hayitining xalqimiz ma’naviy hayotidagi o‘rni va ahamiyati  haqida to‘xtalib, ushbu bayramlar mamlakatimizda keng nishonlanishi avvalo eng ulug‘ qadriyat ekanligi, shu bilan birgalikda xalqimiz o‘rtasida jipslik, do‘stlik, mehr-oqibat, imon, ko‘tarinkilik, kelajakka ishonch ramzi ekanligini ta’kidladi. Ushbu bayramlarning har yili fuqarolar, mutasaddi idora va jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda joylarda tartibli va yuqori darajada, xalqimizning milliy qadriyatlariga mos ravishda nishonlanishi xalqimizning ma’naviy qiyofasini belgilab beruvchi muhim omillardan biri ekanligini ko‘rsatadi. Shuningdek, mustaqillik sharofati bilan amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, xavfsizlik va huquq-tartibotni, davlatimiz chegaralari daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik muhitini ta’minlash uchun muhim poydevor bo‘ldi, xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratganligi to‘g‘risida gapirib o‘tdi.

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti Ijtimoiy fanlar kafedrasi mudiri Abdurasul Toshpo‘latov o‘z ma’ruzasida Allohning o‘z bandalari uchun bergan ne’matlari, O‘zbekistonda mana shu barcha ne’matlar mavjudligi uchun ham jannatiy yurt ekanligi, Qurbon hayitining kelib chiqishi tarixi va uni nishonlashning tartib-qoidalari haqida ma’lumotlar berib, qiziqarli ma’ruza qildi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchisi falsafa fanlari nomzodi O‘tkir Yusupov tadbir ishtirokchilarini Qurbon hayiti va Mustaqillik bayrami bilan tabriklab, mustaqillik yillarida mamlakatimizning jahon hamjamiyatida o‘z o‘rniga ega bo‘lganligi, siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalarda katta yutuqlarga erishilganligi, dinimiz va milliy qadriyatlarimiz qayta tiklanganligi, Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev BMT minbaridan turib, islom dinining haqiqiy mazmunini butun dunyoga ko‘rsatib berib, bu borada buyuk mutafakkirlar – Imom Buxoriy, Abu Iso Termiziy va boshqa ajdodlarimizning merosini o‘rganish zarurati, O‘zbekistonda bu borada amalga oshirilayotgan ishlar, ekstremizm va terrorizmning oqibatlari bilan emas, balki uning kelib chiqish sabablari bilan kurashishimiz kerakligi haqida takliflar berganligini ta’kidlab, hayotiy misollar bilan asoslab berdi.

Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti dotsenti, siyosiy fanlar bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Nuriddin Qalqonov o‘z so‘zida mustaqillikning ahamiyati,  sobiq Ittifoq davrida dinning yo‘q qilinib, dindorlarning ta’qib qilinishi natijasida milliy qadriyatlarimiz qadrsizlanganligi, buning oqibatida axloqsizlik, o‘g‘rilik kabi illatlar ko‘payganligi, insonlararo o‘zaro munosabatlarda mehr-oqibat ko‘tarilganligi, bugungi globallashuv davrida hayotning ayrim jabhalarida ma’naviyat va ma’naviyatsizlik o‘rtasida chegara yo‘qolib borayotganligi, olimlar tomonidan 50 dan ortiq davlatda o‘tkazilgan tadqiqotda 10 dan ortiq muammolar o‘rganilganda ularning kelib chiqishi sababi iqtisodiy qiyinchiliklar emas, ma’naviyatsizlik ekanligini, odamzodning insoniy qiyofasini saqlaydigan kuchlar: din, axloq, ma’naviyat va milliy qadriyatlar ekanligini, so‘nggi vaqtlarda ayrim sportchilar tomonidan jamoatchilik joylarida pichoqbozlik qilinib, bir-birlariga tan jarohati yetkazib, hatto o‘ldirayotganligining sababi ma’naviyatsizlik ekanligi, bu orqali O‘zbekistonning xalqaro imidjiga putur yetkazayotganligi to‘g‘risida mazmunli ma’ruza qildi.

Tadbir savol-javoblar asosida muloqot ruhida o‘tdi.

Tadbir so‘nggida boshqarma ansambli boshlig‘i podpolkovnik K.Abdunabiyev ijrosida aytilgan “Yurtim” qo‘shig‘i barcha tadbir ishtirokchilarining vatanparvarlik ruhini yanada ko‘tarib, yuqori kayfiyat bag‘ishladi. 


18.08.2018 120


 
Xat matni*
Ximoya kodi