Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

Boshqarmada 2018-yil 10-avgust kuni Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)da 2018-yil 10-avgust kuni  Shuhrat Sattorovning “Biz g‘alaba qozonamiz” nomli kitobi taqdimoti o‘tkazildi.

Mazkur uchrashuvda boshqarma shaxsiy tarkibining shartnoma asosidagi va muddatli harbiy xizmatchilari hamda ishchi-xizmatchilar ishtirok etdi.

Tadbirni boshqarma boshlig‘i polkovnik B.Adenov olib bordi va qisqacha  muallifning tarjimai holi hamda kitob haqida qisqacha ma’lumot berdi. Jumladan, kitobning O‘zbekiston respubdikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning jonajon va olijanob xalqimiz hayotini yaxshilashga qaratilgan tashabbuslari, “Faol tadbirkorlik, innovatsion g‘oyalar va texnologiyalarni qo‘llab-quvvatlash yili”ga bag‘ishlanganligini, shuningdek kitob o‘quvchini muvaffaqiyat psixologiyasini mukammal o‘zlashtirishga ilhomlantirishi, o‘z-o‘ziga ishonchni tarbiyalashi va baxtiyor umr, kasbiy yuksaklik, liderlik sifatlarini shakllantirib, biznes qoidalari va tadbirkorga xos xususiyatlar bilan tanishtirishi, vaqtni to‘g‘ri taqsimlash, jamoat oldida chiqish qilish va jamoada ishlash bo‘yicha qimmatli tavsiyalar berishi, ilmiy-ommabop ma’lumotlar bilan tanishtirib, yuksak marra va maqsadlar sari chorlashi haqida to‘xtalib o‘tdi

Keyin so‘z navbati Shuhrat Sattorovga berilib, muallif kitobning yaratilishi tarixi, g‘oyasi, tarbiyaviy ahamiyati, muvaffaqiyat va munosib hayot sirlari, yoshlarning kelajakda yuksak marralarga erishishdagi o‘rni haqida gapirib o‘tdi. Taqdimot juda qiziqarli va ko‘tarinki kayfiyatda bo‘ldi. Tadbir davomida kitob haqidagi shaxsiy tarkibning fikr mulohazalari tinglandi va qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

 Biz g'alaba qozonamiz


Biz g'alaba qozonamiz


Biz g'alaba qozonamiz 


11.08.2018 549


 
Xat matni*
Ximoya kodi