Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

Yoshlar kuni munosabati bilan 2018 yil 27 iyun kuni “Yoshlarimiz mamlakat kelajagi va tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 5 iyuldagi PF-5106-sonli “Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida” farmoni ijrosi doirasida yosh harbiy xizmatchilarimizning ma’naviy olamini boyitish, ularning ongi va qalbiga jamiyatimizning yuksalishi va shaxs kamolotini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini yanada chuqurroq singdirish, ularning madaniy hordig‘ini chiqarish hamda vatanparvarlik ruhini yanada ko‘tarish maqsadida 30 iyun – Yoshlar kuni munosabati bilan 2018 yil 27 iyun kuni “Yoshlarimiz mamlakat kelajagi va tayanchi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.  

Ushbu tadbirga O‘zbekiston davlat “Satira” teatri jamoasidan xalqimiz qalbidan o‘rin olgan aktyorlar Zohidjon Murodov, Erkin Jo‘lliyev, Sherzod Boymurodov, Mansur Xoliqov, G‘ulom Ernazarov, Ro‘zimboy Allanazarov, Ra’no Mirzayeva kabi Ahror Sharipov boshchiligidagi truppa tashrif buyurdi.

Tadbirga boshqarmaning yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilotiga a’zo bo‘lgan barcha shaxsiy tarkibi jalb qilindi. Teatr jamoasi tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiq va ichakuzdi hangomalar harbiy xizmatchilarning ma’naviy olamini boyitib, vatanparvarlik ruhini yanada ko‘tarib, maroqli madaniy hordig‘ini chiqarishiga xizmat qildi.

DSC_0017.JPG




DSC_0062.JPG


DSC_0041.JPG


Без имени-1.jpg


29.06.2018 474


 
Xat matni*
Ximoya kodi