Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

Boshqarmaning shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Eng yaxshi harbiy kitobxon” tanlovi o‘tkazildi

Boshqarma shaxsiy tarkibini Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlar ruhida tarbiyalashda kitob va kitobxonlik madaniyatining ahamiyati katta. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 12 yanvarda qabul qilingan “Kitob mahsulotlarini chop etish va tarqatish tizimini rivojlantirish, kitob mutolaasi va kitobxonlik madaniyatini oshirish hamda targ‘ib qilish bo‘yicha komissiya tuzish to‘g‘risida”gi farmoyishi  ijrosini ta’minlash, boshqarma shaxsiy tarkibining ma’naviy olamini boyitish va kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish zarurati oldimizga ma’lum vazifalar qo‘ymoqda. Harbiy xizmatchilarning bo‘sh vaqtini boshqarma kutubxonasida o‘tkazishlari, u yerda turli adabiyotlardan foydalanib, o‘z ustida muntazam ishlashlari ularning ilmiy va ma’naviy tafakkurini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.

Bu borada ishlab chiqilgan boshqarma boshlig‘ining buyrug‘i asosida 2018 yilning 23 iyun kuni  boshqarmaning shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilari o‘rtasida “Eng yaxshi harbiy kitobxon” tanlovi o‘tkazildi.  Tanlovni yuqori saviyada o‘tkazish, ishtirokchilarni adolatli va xolisona baholash maqsadida hakamlar hay’ati a’zolari sifatida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, tarixchi olim, temurshunos adib Hakim Sattoriy va  Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti huzuridagi xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish hududiy markazi professor-o‘qituvchisi, filologiya fanlari nomzodi G‘ofur Eshmonov chetdan taklif etildi. Shuningdek, boshqarma boshlig‘ining harbiy-vatanparvarlik, ma’naviy-axloqiy-tarbiya va yoshlar bilan ishlash bo‘yicha o‘rinbosari-bo‘lim boshlig‘i podpolkovnik Sh.Kurayshev hakamlar hay’ati a’zosi bo‘lib ishtirok etdi.

 Tanlovning yakuniy bosqichida tanlovning birinchi bosqichida ya’ni bo‘linmalar miqyosida g‘olib bo‘lgan yetti nafar shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar ishtirok etishdi.

Tanlovda ishtirokchilar ikki shart bo‘yicha jami 200 ball uchun bellashdilar.

Birinchi shartda ishtirokchilar Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur  ijodiga oid yettita g‘azalni proyektor orqali katta ekranda raqamlar orqali yashirin o‘zlari tanladi. Vaqt belgilanmadi. Bunda tanlangan g‘azalning yoddan to‘liq va ifodali aytilishi hamda hakamlar hay’ati tomonidan ushbu g‘azalning ma’no-mazmuniga oid savollarga  ishtirokchi bergan javoblar hisobga olinib, baholandi (jami 100 ballgacha).

Ikkinchi shartda ishtirokchilarga 15 ta muallif va ularning asari raqamlar ortiga yashirilib, proyektor orqali katta ekranda taqdim qilindi. Har bir ishtirokchi bitta muallif va uning asarini raqamlar orqali yashirin o‘zi tanladi. Javob berishga muddat belgilanmadi. Ushbu shartda ishtirokchilar belgilangan baholash mezonlari asosida baholandi (jami 100 ballgacha).

Hakamlar hay’ati har bir ishtirokchining chiqishiga, savollarga berilgan javoblardan so‘ng darhol o‘z baholarini berib borishdi. Bu ishtirokchilarning xolisona va adolatli baholanishida muhim o‘rin tutdi.

Tanlov ishtirokchilarining ikki shartga ko‘ra umumiy olgan ballari natijasida ular quyidagicha ketma-ket o‘rinlarga ega bo‘lishdi:

1-o‘rin: shartnoma asosidagi oddiy askar M. Shavkatova – 189 ball;

2-o‘rin: kichik serjant N. Alimuhamedova – 150 ball;

3-o‘rin: kichik serjant S. Mo‘minov – 120 ball;

Hakamlar hay’ati raisi Hakim Sattoriy tanlov yakunida g‘oliblarni e’lon qilib, ularni muvaffaqiyatli ishtirok bilan tabrikladi. Shuningdek ushbu “Eng yaxshi harbiy kitobxon”  tanlovining ahamiyati haqida to‘xtalib, ilmga quvvat beruvchi, tafakkurni teranlashtiruvchi generator  albatta kitob ekanligi haqida fikr bildirib, bu kabi tadbirlar har bir harbiy xizmatchi uchun o‘ziga xos turtki bo‘lishini ta’kidladi. Bundan tashqari tadbir zamonaviy axborot texnologiyalaridan samarali foydalanilgan holda yuqori saviyada tashkil etilganligini e’tirof etib, boshqarma va barcha shaxsiy tarkibning kelgusidagi ishlariga omad tiladi.

Tanlov g‘oliblari pul mukofotlari va I, II, III-darajali diplomlar bilan taqdirlandilar.

1


2


3


25.06.2018 462


 
Xat matni*
Ximoya kodi