Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

2018-yil 29-yanvar kuni Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida keksalarni holidan xabar olindi.

2018-yil 29-yanvar kuni Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida keksalarni holidan xabar olindi. 2018-yil 29-yanvar kuni Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism) boshlig‘i polkovnik B.Adenov boshchiligida Sog‘liqni saqlash vazirligining  Urush va mehnat faxriylari uchun respublika pansionatida keksalarni holidan xabar olish, ularga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tavalludining 80 yilligi munosabati bilan davra suhbati va boshqarma ansamli ijrosida konsert uyushtirildi.  Ushbu tadbir barcha ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Tadbir so‘nggida urush va mehnat faxriylariga sovg‘alar topshirildi.
Pansionat direktori Akramova Farangiz Qodirovna o‘z taassurotlarini quyidagicha ifodaladi: Bunday tadbirlar faxriylarimizning ko‘nglini ko‘tarib, ularga o‘zgacha kayfiyat bag‘ishlaydi. Ayniqsa, boshqarma ansambli ijrosida keksalarimizning yoshlik davrida aytilgan qo‘shiqlar kuylanishi ularni raqsga chorlab, navqironlik davrlarini esladilar. Faxriylarimizga topshirilgan sovg‘alar ham esdalik, ham o‘ziga xos e’tibor, mehr-muruvvat ramzidir. Biz bunday tashriflar va  keksalarimizga bo‘lgan g‘amxo‘rlik yanada davomiy bo‘lishini istab, pansionat nomidan harbiy qism boshliqlariga o‘z minnatdorchiligimizni bildirib qolamiz.

29.01.2018 992


 
Xat matni*
Ximoya kodi