Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

Tinchliginga jonim fido – muqaddas Vatan

Tinchliginga jonim fido – muqaddas Vatan Maxsus avariya-tiklash boshqarmasi (15361-harbiy qism)da 2018 yil 11 yanvar kuni O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi va Toshkent viloyati, Zangiota tumani mahalliy Kengashi bilan hamkorlikda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7 dekabrda qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil topganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi F-5135-sonli farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida “Milliy armiyamiz – yoshlarning mardlik, matonat va jasorat maktabidir!” shiori ostida “Tinchliginga jonim fido – muqaddas Vatan” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.
Ushbu tadbirda faol va sportchi yoshlar, xalqimiz ardog‘idagi san’atkorlardan O‘zbekiston xalq artisti Rajab Adashev, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisalari O‘zbekiston xalq artisti Malika Ibrohimova va  O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Lola Eltoyeva, Muqimiy nomidagi o‘zbek davlat musiqiy teatri aktyori Nurbek Mamatov, O‘zbekiston YOzuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir Zikrilla Ne’mat va O‘zbekiston Yoshlar Ittifoqi Markaziy Kengashi huquqiy bo‘limi bosh mutaxassisi Sharofiddin Xonimov ishtirok etdi.
Tadbirni boshqarma boshlig‘i polkovnik B.Adenov ochib berdi va nutq so‘zladi. O‘z nutqida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining tashkil topishi, mustaqillik yillarida bosib o‘tilgan mashaqqatli yo‘l, milliy armiyamizning yoshlarimiz hayotida tutgan o‘rni, san’atning inson kamolotidagi ahamiyati haqida to‘xtalib o‘tdi.  
San’atkorlar harbiy xizmatchilarga Qurolli Kuchlarimiz tashkil topganligining 26 yilligi va Vatan himoyachilari kuni bayrami bilan tabriklab, o‘zlarining samimiy tilaklarini bildirishdi. Ayniqsa, aktyorlarimiz o‘zlari ijrosidagi spektakllardan keltirgan parchalar, Nurbek Mamatov ijrosidagi taqlid san’atidan namunalar va vatanparvarlik ruhidagi qo‘shiqlar harbiy xizmatchilar hamda askarlarning vatanparvarlik ruhini yanada ko‘tarib, zavq-shavq bag‘ishlab, harbiy xizmatchilar va o‘quvchi-yoshlarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.
O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoir, zaxiradagi polkovnik Zikrilla Ne’mat o‘z ma’ruzasida mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, yoshlar uchun yaratib berilayotgan imkoniyatlar, vatanparvarlik ruhidagi, ona, do‘st haqidagi ta’sirchan she’rlar tadbir ishtirokchilarida katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek tadbirda ishtirok etgan Zangiota tumani 30-umumta’lim maktabi Yoshlar Ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti raisi Asomiddin Badriddinov boshchiligida bir guruh o‘quvchilar harbiy qism hayoti bilan yaqindan tanishdilar.

11.01.2018 1047


 
Xat matni*
Ximoya kodi