Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

Boshqarmada iyun oyida shaxsiy tarkib o‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Boshqarmada iyun oyida shaxsiy tarkib o‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va kitob yarmarkasi tashkil etildi. Boshqarmada iyun oyida shaxsiy tarkib o‘rtasida kitobxonlikni yanada rivojlantirish bo‘yicha bir qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar va kitob yarmarkasi tashkil etildi. 8-iyun kuni o‘tkazilgan “Kitobxonlik – ma’naviyat ko‘zgusi” ma’naviy-ma’rifiy tadbirida Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasi katta o‘qituvchisi T.Bo‘riyev o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. T.Bo‘riyev ma’ruzasida kitob, uning tarixi, badiiy adabiyot va uning turlari hamda she’riyat haqida qisqacha ma’lumot berib, ularning har biri bo‘yicha shoir va yozuvchilar ijodidan namunalar keltirib, inson kamolotida kitobning ahamiyatini hayotiy misollar bilan asoslab berdi.
13-iyun kuni tashkil etilgan harbiy va ishchi-xizmatchilar bilan o‘tkazilgan “Kitobxonlik – kelajak poydevori” ma’naviy-ma’rifiy tadbirda O‘zbekistonning eng mashhur notiqlaridan biri, jurnalist, teleboshlovchi, prodyusser, notiq.uz sayti muallifi, Toshkent viloyati xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish institutining “Til va adabiyot ta’limi” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi R.Jumaniyozov qiziqarli va mazmunli  ma’ruzasi bilan ishtirok etib, kitob va uning sehrli olami haqida shaxsiy tarkibning bilim va dunyoqarashini yanada  kengaytirishga o‘z hissasini qo‘shdi.
Umuman olganda, yuqorida ta’kidlangan adabiyotshunos olim, filologlar ishtirokidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar juda ko‘tarinki ruhda va savol-javoblar asosida bo‘lib o‘tdi. Shaxsiy tarkib ko‘plab qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘zlarini qiziqtirgan savollariga aniq va puxta javoblar olishdi, tadbirlar barcha qatnashuvchilarda katta taassurot qoldirdi.
Shuningdek, 13-iyun kuni “O‘zbekiston” va “Yangi asr avlodi” nashriyotlari bilan hamkorlikda boshqarma hududida mingdan ortiq nomdagi yangi adabiyotlarning yarmarkasi tashkil etildi. Yarmarkada shartnoma asosidagi harbiy xizmatchilar va ishchi-xizmatchilar, ularning oila a’zolari,  muddatli harbiy xizmatni o‘tayotgan oddiy askarlar o‘zlarini qiziqtirgan adabiyotlarni xarid qilib, kitobga yanada yaqinlashishdi deyishimiz mumkin.
Ha, kitob – tafakkur qanoti. Bu qanot qancha  mustahkam bo‘lsa, yuksak kengliklar sari intilishdan tolmaydi. Kitob, adabiyot so‘zi zamirida ma’naviyat yotadi. U har doim jaholatni jilovlaydi va unga qarshi kurasha oladi. Shuning uchun ham u aziz va qadrlidir

09.06.2017 45


 
Xat matni*
Ximoya kodi