Bilish foydali

“Jаyron -M” – ishgа tаyyor!

“Jаyron-M ” yangi tezkor аloqа Kompleks rаdiostаntsiyasi ishgа tushirildi. Batafsil
MATB bo'yicha

2017 yil 1 iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” va boshqarma boshlig‘ining tashabbusi bilan boshqarma shaxsiy tarkibi harbiy va ishchi-xizmatchilari farzandlarining ma’naviy olamini boyitish, ularning ongi va qalbiga jamiyatimizning ma’naviy y

2017 yil 1 iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” va boshqarma boshlig‘ining tashabbusi bilan boshqarma shaxsiy tarkibi harbiy va ishchi-xizmatchilari farzandlarining ma’naviy olamini boyitish, ularning ongi va qalbiga jamiyatimizning ma’naviy y 2017 yil 1 iyun kuni “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” va boshqarma boshlig‘ining tashabbusi bilan boshqarma shaxsiy tarkibi harbiy va ishchi-xizmatchilari farzandlarining ma’naviy olamini boyitish, ularning ongi va qalbiga jamiyatimizning ma’naviy yuksalishi va yosh avlod ma’naviy kamolotini ta’minlash yo‘lida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarning mazmun-mohiyatini anglatish, ularning madaniy hordig‘ini tashkillashtirish hamda vatanparvarlik ruhini yanada ko‘tarish maqsadida O‘zbek Milliy akademik drama teatrida “Semurg‘”, O‘zbekiston davlat yosh tomoshabinlar teatrida “Oppog‘oy va uning do‘stlari” spektakllarini tomosha qilish uchun tashrif buyurishdi.
San’at va madaniyat – xalqning ma’naviy dunyoqarashini shakllantiradigan, uning tarixi, milliy mentaliteti hamda madaniy salohiyatini namoyish etadigan qudratli kuch. Bunda ayniqsa teatrning o‘rni beqiyosdir. Teatr san’ati tasavvur va tafakkur hosilasi, ma’naviy yuksalish vositasidir. Bugungi davr shiddati, globallashuv, qadriyatlar va qarashlar o‘rtasidagi keskinliklar teatr san’atining jamiyatimiz hayotidagi o‘rni beqiyosdir. Boy tariximiz, milliy qadriyat va urf-odatlarimiz targ‘iboti yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyatga ega. Buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Teatr – bu ibratxona” degan o‘lmas fikri bugun ham o‘z qiymatini yo‘qotgani yo‘q.
Teatrni ulkan ko‘zguga qiyoslash mumkin. Lekin bu ko‘zgu faqat narsa-hodisalarni emas, his-tuyg‘u va ehtiroslarni ham aks ettiradi. Ana shular tufayli teatrning insonga ta’siri kuchli va tomoshabinni tarbiyalaydi. Ilhom va ijod mahsuli bo‘lgan spektakl ko‘plab vazifalarni bajaradi. Undan hayotni o‘rganish, o‘ziga tanqidiy baho berish yoki estetik zavq olish mumkin.
Bu kabi tashkiliy ishlar boshqarma shaxsiy tarkibi harbiy va ishchi-xizmatchilari farzandlarining ma’naviy ehtiyojlarini ta’minlab, zavq-shavqqa to‘la bolaligining bir kuni yanada mazmunli o‘tishiga xizmat qildi deyishimiz mumkin.
Teatrlarga borib-kelishda qulayliklar yaratish maqsadida harbiy qismdan avtobuslar ajratildi. Bu ham shaxsiy tarkib oila a’zolarining xavfsizligini ta’minlash va ijtimoiy himoyasi uchun muhim ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni qo‘llab-quvvatlab kelayotgani, farzandlarimizning ma’naviy olami va dunyoqarashini yanada kengaytirishga o‘z hissalarini qo‘shayotganliklari uchun teatr jamoalariga sihat-salomatlik, oilaviy xotirjamlik, mashaqqatli va sharafli kasbiy faoliyatida muvaffaqiyatlar tilab, ularga boshqarma boshlig‘ining tashakkurnomalari topshirildi.

02.06.2017 73


 
Xat matni*
Ximoya kodi